Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh prezidenti: Maskning “relsdan chiqib ketganini” ko‘rib afsusdaman

AQSh prezidenti: Maskning “relsdan chiqib ketganini” ko‘rib afsusdaman

AQSh prezidenti Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskning so‘nggi siyosiy harakatlarini tanqid qilar ekan, uning “relsdan chiqib ketganini” ko‘rib qayg‘uda ekanini bildirdi. Bu haqda “Report” nashri ma’lum qilmoqda.

Tramp o‘z bayonotini Truth Social platformasida joylashtirib, Maskning uchinchi siyosiy partiya tuzish rejalariga munosabat bildirdi.

“Oxirgi besh hafta ichida Ilon Mask butunlay relsdan chiqib ketdi va bu harakati siyosiy halokatga aylandi. U hatto AQShda hech qachon to‘liq muvaffaqiyat qozonmaganiga qaramasdan, uchinchi partiya yaratishga urinmoqda. Bu mamlakat siyosatidagi tizim bunday narsa uchun mo‘ljallanmagan”, — dedi Tramp.

Shuningdek, u bunday siyosiy tashabbuslar “nitoqlik va beqarorlikka” olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Mask hozircha bu bayonotga javob qaytarmagan. Uning partiya tuzish haqidagi rejalari AQShda siyosiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 08:21 07.07.2025. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!