AQSh yaqin uch oy ichida Polshaga qo‘shimcha harbiy kontingent yuboradi. Bu haqda Polsha hukumatidagi manbaga tayanib, Dziennik Gazeta Prawna gazetasi xabar qildi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Polshadagi AQSh harbiylari soni rotasiya asosida 5 ming nafarga yetkaziladi. Shuningdek, mamlakat hududida doimiy AQSh harbiy bazasini tashkil etish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Manbaning aytishicha, mazkur tashabbus bo‘yicha muzokaralar Polsha prezidenti Karol Navroskiy, mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga yaqin amaldorlar hamda AQSh ma’muriyati vakillari o‘rtasida olib borilmoqda.
«Ittifoqchimiz har ikki loyihani amalga oshirish uchun siyosiy iroda va qat’iyatga ega ekanini bildirdi», — dedi nashr manbasi.