AQSh Texasdan Polshaga 1-otliq diviziya bo‘linmalarini joylashtirmoqda.
Polsha Milliy xavfsizlik byurosi direktori Bartosh Grodeski xabar berishicha, bu AQSh kuchlarining chet eldagi bo‘linmalarni joylashtirish doirasida rotasiyasining bir qismidir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilgan shaxsiy tarkibning 20% dan ortig‘i va harbiy texnikaning taxminan 70% allaqachon Polshaga joylashtirilgan, bu esa jangovar tayyorgarlik darajasiga ta’sir qilmoqda.
Avvalroq The Wall Street Journal AQShning Polshaga zirhli brigada joylashtirishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosiniak-Kamish bu o‘zgarishlar AQShning mamlakatdagi mavjudligini qisqartirish bilan bog‘liq emasligini va Yevropada rejalashtirilgan qo‘shinlar rotasiyasining bir qismi ekanligini aytdi.