AQSh moliya vaziri Janet Yellen aprel oyida Xitoyga tashrif buyurib, Xitoy rahbariyati vakillari bilan uchrashmoqchi.
Bu haqda Politico gazetasi ikki amerikalik rasmiyga tayanib xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, tashrif ikki tomonlama munosabatlarni “mas’uliyat bilan boshqarish”ga qaratilgan. Yellen 2023 yil iyul oyida Xitoyga safari chog‘ida ko‘tarilgan masalalarni muhokama qilishni davom ettirishi kutilmoqda. Ushbu tashrif natijasida “ikki davlatni tashvishga solayotgan masalalar”ni muhokama qilish uchun iqtisodiyot va moliya bo‘yicha ikkita ishchi guruhi tuzildi.
Yanvar oyida Amerika va Xitoy hukumati vakillari Pekinda ikki kunlik uchrashuvda iqtisodiy masalalar bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar, shuningdek, Yellenning Xitoyga tashrifi imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Nashrning qayd etishicha, Vashington ma’muriyati Xitoydan eksport hajmining tez o‘sishidan qo‘rqadi. Amerika tomonining fikricha, bu jahon bozorlarini beqarorlashtirishi mumkin.