AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga taxminan sakkiz marta tashrif buyurganini ma’lum qildi.
"Men Putin va uning jamoasi bilan uchrashish uchun Moskvaga taxminan sakkiz marta bordim. Putin va uning jamoasi bizga doim hurmat bilan munosabatda bo‘lgan", — dedi Uitkoff Kiyevdagi matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, bunday mojarolarni hal etish jarayonida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.