Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh maxfiy xizmati vise-prezident Jey Di Vensdan norozi

AQSh maxfiy xizmati vise-prezident Jey Di Vensdan norozi

MSN nashri yozilishcha, bu holat Vensning harbiy vertolyotlarni oilaviy ehtiyojlari uchun safarbar qilish so‘rovlari bilan bog‘liq.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tanqidning so‘nggisi 9 iyul bilan bog‘liq.

So‘nggi shunday so‘rovlardan birida u o‘g‘lini Marine Two vertolyotida golf darsiga olib borib qo‘yishni so‘ragan. Parvoz kuchli shamol va momaqaldiroq tufayli parvoz so‘nggi daqiqada bekor qilingan.

Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, bunday vertolyotning 1 soat ishlashi 16-24 ming dollarga tushadi.

"Bu bema’nilik Mayk Pens va Kamala Xarris hech qachon bunday qilmagan," - dedi telekanal suhbatdoshlaridan biri.

Manbalarning ta’kidlashicha, Maxfiy xizmat xodimlari Jey Di Vens va uning rafiqasi Ushning o‘z sayohatlari haqida tez-tez xabar berishidan tobora ko‘proq norozilik bildirmoqda.

Kiritildi: 14:45 16.07.2026. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!