Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Labubu o‘yinchoqlari xavfi haqida ogohlantirdi

AQSh Labubu o‘yinchoqlari xavfi haqida ogohlantirdi

AQShning iste’mol mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi (CPSS) yosh bolalar uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi Labubu o‘yinchoqlari haqida ogohlantirdi.

— Yumshoq figuralar va kalit zanjirlar ko‘rinishida sotiladigan o‘yinchoqlarni, ayniqsa, yosh bolalarning og‘ziga solishi oson. Ular bolaning nafas olish yo‘llarini to‘sib qo‘yishi mumkin. CPSCda Labubu osonlikcha mayda bo‘laklarga bo‘linishi mumkinligi haqida ham ma’lumot bor, - deyiladi komissiya bayonotida.

Komissiya ushbu o‘yinchoqlarni Xitoydan AQShga olib kirishda shunday kamchiliklarni aniqladi.

Labubu — gonkonglik rassom Lun Kasin tomonidan 2015 yilda yaratilgan elfga o‘xshash jonzot. Bu katta ko‘zlari, uchli quloqlari va to‘qqiz tishli momiq yirtqich hayvondir. O‘tgan yilning oxiridan boshlab mahsulotning mashhurligi keskin oshdi.

Kiritildi: 21:45 20.08.2025. O'qildi: 1729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!