AQSh harbiylari Tinch okeanida giyohvand moddalar tashish uchun ishlatiladigan kemaga zarba berdi.
AQSh Janubiy qo‘mondonligi (SOUTHCOM) bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
"SOUTHCOM qo‘mondoni Frensis Donovan boshchiligida Janubiy nayza qo‘shma maxsus kuchlari 19 aprel kuni kemaga zarba berdi... Razvedka uning Karib dengizidagi ma’lum giyohvand moddalar kontrabandasi yo‘llarini kuzatib borayotganini va giyohvand moddalar savdosi uchun foydalanilayotganini tasdiqladi", deb ta’kidladi nashr.