AQSh harbiylari 1 sentyabr kechasi Hormuz bo‘g‘ozida 28 ta kemani ishdan chiqardi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
"Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi. Biz hozir Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilamiz. Kecha kechqurun biz 28 ta kemani yo‘q qildik. Eron hech narsa olmayapti va biz kemalarni yo‘q qildik", dedi Amerika yetakchisi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 1 sentyabr kuni AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron nishonlariga qarshi keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi. O‘z navbatida, IIQK Eron Yaqin Sharqdagi AQSh bazalariga qarshi javob zarbalarini berganini xabar qildi.