Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh ketma-ket oltinchi kecha Eronga zarba berdi

 AQSh ketma-ket oltinchi kecha Eronga zarba berdi

Amerika harbiylari yangi havo hujumlari boshlanganini ma’lum qildi. Eronning Bandar-Abbos shahrida portlashlar sodir bo‘lmoqda.

AQSh Eron hududiga navbatdagi havo hujumlari to‘lqinini boshladi. Bu yangi keskinlashuv boshlanganidan buyon ketma-ket oltinchi hujum hisoblanadi. Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

Amerika harbiylari bergan ma’lumotga ko‘ra, hujumlar payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:30 atrofida boshlangan. CENTCOM bayonotida zarbalar «Eronning harbiy salohiyatini yanada zaiflashtirish» maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

AQSh tomoni operasiya nishonlari va hujumlarning oqibatlari haqida boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.

Shu bilan birga, Eron davlat OAVlari mamlakat janubidagi yirik port shahri — Bandar-Abbosning g‘arbiy qismida uchta portlash sodir bo‘lganini xabar qildi.

Eron davlat teleradiokompaniyasi (IRIB) ma’lumotiga ko‘ra, portlashlarning kelib chiqish sababi hozircha aniqlanmagan. Ushbu xabarlar CENTCOM tomonidan Eron bo‘yicha yangi havo hujumlari boshlanganini e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 21:26 17.07.2026. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!