AQShning Janubiy qo‘mondonligi Karib dengizida yana bir — oltinchi — tanker qo‘lga olinganini tasdiqladi.
X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarga ko‘ra, «Jerald Ford» avianosesi bortidagi dengiz piyodalari, «Janubiy nayza» operativ guruhi tarkibidagi harbiy-dengiz kuchlari va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi xodimlari tong otish paytida Veronica tankerini ushlab qolgan.
Ma’lum qilinishicha, tanker AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan sanksiya ostidagi kemalar uchun Karib dengizida joriy etilgan blokadani buzgan.
AQSh harbiylari ta’kidlashicha, Venesueladan faqat qonunga muvofiq va belgilangan tartibda tashilgan neft eksport qilinishi mumkin.