Oq uy prezidenti Donald Tramp bir qator Kanada tovarlariga qo‘shimcha 50 foiz tariflarni joriy qildi.
Tegishli bayonot AQSh prezident ma’muriyatining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, oshirilgan tariflar "Kanadaning Amerika tovarlariga nisbatan kamsitish harakatlariga javoban" joriy etilgan. Bayonotda yangi bojlar sharobdan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan turli xil mahsulotlarga qo‘llanilishi ta’kidlangan. Biroq, energiya mahsulotlari, kaliy, dengiz mahsulotlari va muhim minerallar yangi tarif choralaridan ozod qilingan.
Yangi bojlar Qo‘shma Shtatlar prezidenti tegishli ijro etuvchi buyruqni imzolaganidan 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.