Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh kambodjalik senatorga sanksiyalar joriy qildi

AQSh kambodjalik senatorga sanksiyalar joriy qildi

Qo‘shma Shtatlar hukumati kambodjalik boy senator Kok An va yana 28 nafar shaxs hamda tashkilotga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular kripto-aktivlar va soxta romantik tanishuvlar orqali amerikaliklarning millionlab dollar mablag‘larini o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.

AQSh Moliya vazirligining ta’kidlashicha, senator o‘z siyosiy aloqalaridan foydalanib, odam savdosi qurbonlari zo‘rlik bilan ishlatiladigan firibgarlik markazlarini himoya qilib kelgan. Ushbu markazlarda minglab odamlar amerikaliklarning omonatlarini o‘g‘irlashga majburlangani aytilmoqda. Firibgarlikka qarshi kurash doirasida Tether kompaniyasi 344 million dollardan ortiq gumonli mablag‘larni muzlatib qo‘ydi.

Shuningdek, Vashington rasmiylari firibgarlar foydalangan 500 dan ortiq veb-sayt va ijtimoiy tarmoq ilovalarini nazoratga oldi. Davlat departamenti Myanmadagi firibgarlik komplekslari bilan bog‘liq mablag‘larni qaytarishga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qildi. Kambodja elchixonasi hozircha ushbu keskin ayblovlar yuzasidan izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 12:42. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!