Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh ittifoqchilarini ogohlantirmasdan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilishga qaror qildi

AQSh ittifoqchilarini ogohlantirmasdan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilishga qaror qildi

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish rejalari haqida ittifoqchilarini ogohlantirmagan va bu qarorni mustaqil ravishda qabul qilgan. Bu haqda Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi.

Avstraliya hukumati rahbari bu haqda «Today» telekanali efirida so‘zlab berdi. Uning ta’kidlashicha, Vashington ushbu operasiyada ishtirok etish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubormagan. Shu bilan birga, Kanberra avvalroq Fors ko‘rfazi mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlash so‘roviga javoban u yerga «Wedgetail» uzoq masofali radiolokasion aniqlash samolyotini yuborgan edi.

Siyosatchi Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirishga, muzokaralarni qayta tiklashga va vayronagarchiliklarni to‘xtatishga chaqirdi. U joriy mojaroning jahon iqtisodiyotiga ta’siri sezilarli ekanini alohida qayd etdi.

«Ular bu bayonotni tunda va bir tomonlama tartibda berishdi, bizdan ishtirok etish so‘ralmagan», — dedi Albaneze.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!