AQSh ma’muriyati vakili Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etadi, dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio.
Bu haqda u Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Umid qilamanki, bu muzokaralar Ukraina va Rossiya o‘rtasida turkiyalik hamkasblarimiz, shuningdek, tegishli darajadagi biror vakilimiz yoki jamoamiz a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tadi," - deya Rubioning so‘zlarini keltiradi CNN.