Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Isroilga falastinliklarni portlatish uchun qancha bomba yetkazib berdi?

AQSh Isroilga falastinliklarni portlatish uchun qancha bomba yetkazib berdi?

Avvalroq ikkiyuzlamachi AQSh hukumati Isroilga 2000, 1800 va 500 kilogrammlik bombalarni yetkazib berishi ma’lum bo‘lgandi.

AXIOS nashrining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilga urush boshlanganidan beri 6,5 ​​milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgan. Jumladan, AQSh falastinliklar qirg‘ini uchun 10 000 dan ortiq o‘ta vayron qiluvchi 2000 funtli bombalar va minglab Hellfire raketalarini yuborgan.

Reuters axborot agentligi amerikalik ikki mansabdorga tayanib, Oq uy tomonidan sionistlarga tutqazilgan qurollarni sanadi. Ro‘yxat quyidagicha:

▪️14000 – 907 kg (2000 funtli) MK-84 bombalari;

▪️6500 – 227 kg (500 funtli) MK-82 bombalari;

▪️3000 – Hellfire raketalari;

▪️1000 – bunkerga qarshi bombalar;

▪️2600 – kichik o‘lchamli havo bombalari va boshqa o‘q-dorilar.

Mutaxassislarning fikricha, qurol-yarog‘ yetkazib berish statistikasi AQShning Isroilga harbiy yordami Oq uy da’vo qilganidek sezilarli darajada kamaymaganini ko‘rsatyapti.

Kiritildi: 12:14 01.07.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!