Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Iroqdagi 12 yillik harbiy operasiyasini yakunladi

AQSh Iroqdagi 12 yillik harbiy operasiyasini yakunladi

AQSh va koalisiyadagi hamkor davlatlar Iroqdagi «Nepokolebimaya reshimost» operasiyasini rasman yakunladi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Shon Parnell ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi «ISHID» (DAYESh) tashkiloti mag‘lub etilgan 12 yillik harbiy kampaniya muvaffaqiyatli yakunlangan.

AQShning Iroqdagi keng ko‘lamli harbiy ishtiroki 2003 yildagi bosqindan boshlangan. Biroq bundan avval, 1991 yilda AQSh prezidenti Jorj Bush katta davrida Iroqqa qarshi «Cho‘l bo‘roni» operasiyasi o‘tkazilgan.

Keyin uning o‘g‘li Jorj Bush kichik Iroqqa yangi bosqin boshlagan.

2011 yil oxirida Amerika qo‘shinlari Iroqni tark etgan. Uch yil o‘tib esa AQSh harbiylari mamlakatga qaytib, harbiy operasiyalarni qayta boshlagan.

Kiritildi: 13:25 01.10.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!