Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh iqtisodiyoti 2020 yilda rekord darajada pasaydi

AQSh iqtisodiyoti 2020 yilda rekord darajada pasaydi

2020 yil yakunlariga ko‘ra, AQSh iqtisodiyoti 3,5 foizga pasaydi, bu Ikkinchi jahon urushi davridan buyon qayd etilgan eng yomon natija. Bu haqda AQSh Savdo vazirligi saytiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Bungacha eng yomon ko‘rsatkich 2008 yilda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning 2,5 foizga pasayishi bo‘lgan edi.

Shu bilan birga, 2020 yil oxirida 4,1 foizga o‘sish qayd etilgani aytilmoqda. «To‘rtinchi chorakda YAIMning o‘sishi o‘tgan yil boshidagi keskin pasayish va pandemiya ta’siridan keyin iqtisodiyotning qayta tiklanishini aks ettiradi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQSh kambag‘al mamlakatlarga vaksinasiya uchun 4 milliard dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 09:18 27.02.2021. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!