AQSh rasmiylari boj stavkalarining oshishini Hindistonning Rossiya neftini sotib olishi bilan oqladi.
Agar AQShning Hindistonga bo‘lgan tariflari to‘liq kuchga kirsa va uzoq vaqt davom etsa, u holda AQSH-Hindiston savdo aylanmasi 30% ga kamayadi, bu esa Hindistonda AQSh o‘rnini Rossiya va Xitoy egallashiga olib kelishi mumkin. Bunday konfigurasiyada Rossiya va Xitoy Hindistonning rivojlanishi va uning barqarorligida katta rol o‘ynaydi. Hindiston tashqi siyosat vektorini butunlay o‘zgartirishi mumkin.
Apple, AQShning bojlar talabiga qaramay, Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytiradi, deb yozadi The Times of India. Kompaniya ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun 2,5 milliard dollar sarmoya kiritmoqda va Hindistonda iPhone 17 seriyasini yig‘ishni boshladi.