Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Finlyandiyada harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi

AQSh Finlyandiyada harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi

Bu haqda Finlyandiya Mudofaa kuchlari xabar berdi.

"Qo‘shma Shtatlarning Finlyandiya va Boltiqbo‘yi mintaqasida harbiy ishtiroki hamda mashg‘ulotlari mavjud rejalar doirasiga kiritilgan. Bu Finlyandiya hamda Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bir qismidir. Maqsad – jangovar tayyorgarlikni oshirish, operativ o‘zaro muvofiqlikni mustahkamlash va mintaqaviy xavfsizlikka hissa qo‘shish”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mamlakat rasmiylari buni xavfsizlik muhitida hamkorlik zarurati bilan izohlagan.

“Qo‘shma Shtatlarning ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning chuqurlashib borayotganidan va AQShning Finlyandiya hamda Boltiqbo‘yi mintaqasi xavfsizligi masalasiga sodiqligidan dalolatdir", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:06 06.08.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!