Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eronga zarba berish sababini tushuntirdi

AQSh Eronga zarba berish sababini tushuntirdi

AQSh harbiylari Eronning Qeshm oroliga cheklangan zarbalar berdi. Vashington bu harakatlar Eronda keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar qayta boshlanganini anglatmasligini bildirmoqda.

NBC telekanalining amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berishicha, hujum Tehronning dengiz qatnoviga va AQSh ob’ektlariga tahdid solishga qaratilgan ehtimoliy harakatlariga javob bo‘lgan.

Amerika rasmiylari ushbu zarbalarni "o‘zini o‘zi himoya qilish" chorasi sifatida baholagan.

"Bu Eron tomonidan Amerika ob’ektlariga qarshi zenit raketalaridan foydalanilishiga javoban ko‘rilgan mudofaa chorasi edi", — degan AQSh rasmiylaridan biri.

Yana bir manbaning iddaosicha, Eron Amerika samolyotiga zarba berishga qayta uringan. Shundan so‘ng AQSh raketalarni uchirish qurilmasini yo‘q qilish maqsadida Qeshm oroliga zarba bergan.

Kiritildi: 12:57 03.11.2026. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik