Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Eron uchun uranni boyitish me’yorini belgiladi

AQSh Eron uchun uranni boyitish me’yorini belgiladi

Vashington Eron yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha kelishuv faqat uranni boyitishni butunlay rad etish shartida amalga oshishi mumkinligini ma’lum qildi.

AQShning maxsus vakili Steven Uitkoffga ko‘ra, Tehronga uranni hatto 1 foizgacha boyitish ham taqiqlanadi. Uning ta’kidlashicha, bu masalada hech qanday ikkilanish yo‘q — bu «qizil chiziq». Uitkoff ABC telekanaliga bergan intervyusida «Bir foizga ham ruxsat ham yo‘q. Uranni boyitish — yadroviy qurol sari ilk qadam. Biz buni keskin rad etamiz», dedi.

Bu bayonotga Eron tezkor javob qaytardi. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aroqchiyning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning pozisiyasi muzokaralar mantig‘idan uzilgan va «Eron hech qachon uranni boyitishdan to‘xtatmaydi». U «reallikdan yiroq talablar muzokaralarga to‘siq bo‘lmoqda», deb qo‘shimcha qildi.

Shunga qaramay, har ikki tomon muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan. Uitkoff yaqin kelajakda Yevropada o‘tadigan yangi muzokara raundiga umid bildirgan bo‘lsa, Aroqchiy uchrashuv sanasi va joyi yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkinligini aytdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa yaqinda AQSh «Eron bilan yadroviy kelishuvga juda yaqin» ekanini aytgan, ammo shundan keyinoq Tehronni «shoshilishi kerak», deb ogohlantirgan. Eron esa hozircha AQShdan bu borada yangi taklif olmaganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 08:59 19.05.2025. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!