Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Eron hukumatini to‘ntarish uchun guruh tuzganmi?

AQSh Eron hukumatini to‘ntarish uchun guruh tuzganmi?

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQShni Eronda navbatdagi davlat to‘ntaruvini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi guruh tuzganlikda aybladi. Zarif bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Shu kuni 65 yil avval AQSh xalq tomonidan saylangan, fanlar doktori, Eron bosh vaziri Muhammad Musaddiqning demokratik hukumatini ag‘darib, mamlakatda diktaturani tiklagandi va keyingi 25 yilga eronliklarni o‘ziga bo‘ysundirgandi. Endi esa “harakatlar guruhi” xuddi shuni bosim o‘tkazish, yolg‘on axborot tarqatish va safsatabozlik orqali amalga oshirishni orzu qilmoqda. Bu boshqa hech qachon qaytarilmaydi”, deb aytgan Zarif. 

AQShda “Eron bo‘yicha harakatlar guruhi” (Iran Action Group) tuzilgani 16 avgustda ma’lum bo‘ldi. AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo departamentning siyosiy rejalashtirish bo‘yicha maslahatchisi Brayan Xukni bu uyushma uchun javobgar sifatida atagan. Pompeoning ta’kidlashicha, guruh Vashingtonning Tehron bilan yadroviy kelishuvddan chiqqanidan keyin AQShning Eronga “bosim o‘tkazish kampaniyasini” muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari 1953 yilda Eronda davlat to‘ntaruvini amalga oshirishda yordam bergan. Bu to‘ntaruv davomida Eron Milliy fronti hukumati ag‘darilgan. Mamlakatda shundan keyin shoh Muhammad Rizo Pahlaviyning hokimiyati tiklangandi.  

Manba: kun.uz

Kiritildi: 19:40 19.08.2018. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!