Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron generali nega o‘ldirilganini aytdi

A A A
AQSh Eron generali nega o‘ldirilganini aytdi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen Islom inqilobi soqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababini tushuntirdi.

General 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh harbiylari zarbasi vaqtida o‘ldirilgan. Sulaymoniyni bartaraf etish amaliyoti shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

O’Brayen Sulaymoniyning o‘ldirilishini “o‘z-o‘zini himoya qilish” deb atagan va zarba avvaldan rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, bu qon to‘kilishlar va qotilliklar oldini olish uchun muhim bo‘lgan.

“Bizda bo‘lgan va biz ishonchli deb hisoblagan ma’lumot Sulaymoniy va u bilan til biriktirganlar yaqin kunlarda ko‘plab amerikalik diplomatlar va harbiylarni o‘ldirishga tayyorlanayotganiga ishora qilgan”, deb aytgan O’Brayen Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh vakilining ta’kidlashicha, AQSh prezidentining eng ustuvor vazifasi amerikaliklar xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi va shu sababli prezident “ushbu muvaffaqiyatli amaliyotni o‘tkazishga ruxsat bergan”.

Kiritildi: 10:50 08.01.2020. O'qildi: 5605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik