Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

Pentagon Eronga qarshi turish uchun 120 ming harbiylarni yuborishga tayyor, deb xabar qilmoqda dunyo OAVlari.

AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajarauvchi Patrik Shanaxan taqdim etgan yangilangan harbiy rejaga ko‘ra agar Eron yadro qurolini ishlab chiqarishni tezlashtirsa yoki amerika harbiylariga hujum qilsa, AQSh 120 ming nafar harbiy xizmatchilarni Yaqin Sharqqa yuborishi mumkin.

Bu haqda New York Times nashri yangi reja bilan tanish, milliy xavfsizlik uchun mas’ul bir necha amerika mansabdorlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr yozishicha, Shanaxan ushbu rejani AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bosh yordamchilari uchrashuvida, 9 may kuni taqdim etgan.

Yangi reja Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi qirg‘iylar bosimi ostida qabul qilingan, deb qo‘shimcha nashr.

Shu bilan birga, yangilangan reja Eronga qarshi quruqlikda o‘tadigan operasiyani nazarda tutmaydi. Buning uchun ko‘proq qo‘shin kerak bo‘lar edi. Eslatib o‘tamiz, AQSh ilgariroq Eron tomonidan tahdidlar keskin o‘sganini va shu munosabat bilan ushbu mintaqaga aviatashuvchilar guruhi va strategik bombardimon samoletlarni yuborgan edi.

Kiritildi: 13:30 14.05.2019. O'qildi: 3314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!