Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh elektronika uchun savdo bojlarini bekor qildi

AQSh elektronika uchun savdo bojlarini bekor qildi

Donald Tramp ma’muriyati elektronika mahsulotlarini o‘zaro savdo bojlari ro‘yxatidan chiqardi. Bloomberg AQSh bojxona va chegara xizmatiga asoslanib xabar berishicha, bu 145 foizlik bojga tortilgan Xitoyning elektronikasiga ham taalluqli.

Yangi bojlar oqibatida narxlar ko‘tarilib ketishidan xavotirga tushgan amerikalik xaridorlar peshtaxtalardagi texnikalarni «supurib ketyapti». Aslida shu holat qimmatchilikka olib kelishi mumkinligi bois yuqoridagi qarorga kelingan.

Trampning savdo urushi doirasida bojga tortiladigan mahsulotlar ro‘yxatidan smartfonlar, noutbuklar, qattiq disklar, xotira chiplari, kompyuter prosessorlari, yarimo‘tkazgichlarni tayyorlovchi mashinalar chiqarildi. Bu mahsulotlarning katta qismi AQShga chetdan keltiriladi.

Kiritildi: 03:30 13.04.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!