Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh chegarasiga devor quriladimi?

AQSh chegarasiga devor quriladimi?

G‘azab va tahdid amerikalik siyosatchilarni mamlakat chegarasiga devor qurish uchun mablag‘ ajratishga majbur qila olmaydi , deb yozadi Nyu-York shtatidan senator Chak Shumer Tvitterdagi sahifasida.

Prezident Tramp vakillar Palatasi va Senatda devor qurishni yoqlab ovoz beruvchilar yo‘qligini anglashi kerak. Hukumatni tarqalishdan saqlab qoluvchi ikkita muqobil taklif berdik. Biz nomunosib vaziyat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz , deydi u.

Avvalroq REGNUM Meksika chegarasida devor qurishga mablag‘ ajratilishi bo‘yicha ziddiyatlar tufayli AQSh hukumati o‘z ishini to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qilgandi. ​​

Manba: O‘zA

Kiritildi: 10:49 18.12.2018. O'qildi: 1631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!