Florida gubernatori Palm-Bich aeroportiga AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga nom berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.
Bu haqda CBS telekanali xabar bermoqda. AQSh prezidenti qarorgohi yaqinida joylashgan aeroportga "Donald Tramp xalqaro ayeroporti" deb nom beriladi.
Qonun 1 iyuldan kuchga kirishi rejalashtirilgan, ammo yakuniy nom o‘zgarishi hali ham AQSh Federal aviasiya ma’muriyatining roziligini talab qiladi.