Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh 6 mingdan ortiq talabalarning vizasini bekor qildi

AQSh 6 mingdan ortiq talabalarning vizasini bekor qildi

BBC xabar qilishicha, qarorning asosiy sabablari sifatida vizasi tugaganidan keyin mamlakatda qolish, turli qonunbuzarliklar va xavfli faoliyatlarda ishtirok etish holatlari ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bekor qilingan vizalarning qariyb 4 mingtasi turli huquqbuzarliklar — tajovuz, mast holda mashina haydash, o‘g‘irlik kabi holatlarga bog‘liq. Shuningdek, 200–300 ta viza esa inson hayotiga xavf soluvchi yoki AQSh qonunlariga zid terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik ayblovlari bilan bekor qilingan.

Qaror Donald Tramp ma’muriyati tomonidan xalqaro talabalar ustidan nazorat kuchaygan bir paytda qabul qilindi. Rasmiylar terrorizmga yordam tushunchasini to‘liq ochiqlamagan bo‘lsa-da, Falastinni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazgan ayrim talabalarning xatti-harakatlari antisemitizm sifatida baholangani aytilmoqda.

Shuningdek, AQSh elchixonalarida talabalar uchun viza uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilib, keyinchalik qayta tiklanganda arizachilardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ochiq ko‘rsatish talab qilingan. Bu orqali mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslarni aniqlash maqsad qilingan.

Open Doors ma’lumotiga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida Qo‘shma Shtatlarda 210 dan ortiq mamlakatdan 1,1 mlndan ziyod xalqaro talaba tahsil olgan. Bu mamlakatdagi umumiy talabalar sonining taxminan 6 foizini tashkil qiladi

Kiritildi: 23:15 19.08.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!