NASA va AQSh Energetika vazirligi Oy uchun yadroviy energetika tizimini yaratish bo‘yicha rasmiy kelishuvni tasdiqladi. Loyiha “Artemida” dasturi doirasida amalga oshiriladi va kelajakda Mars missiyalari uchun ham poydevor bo‘ladi.
Oyda bir tun 14 Yer kuniga teng. Bu vaqtda quyosh panellari ishlamaydi va harorat keskin pasayadi. Yadroviy reaktor esa quyoshga bog‘liq emas — u kun-tuni, sovuq va changli sharoitda ham barqaror elektr ishlab chiqaradi.
Ma’lumot uchun: Xitoy va Rossiya ham 2033–2035 yillarda Oyda qo‘shma yadroviy elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda.