Mutaxassislar, ayniqsa, Apple Watch va Fitbit kabi qurilmalarda mavjud bo‘lgan yurak urishi va nafas olish tezligini o‘lchaydigan sensorlar bilan qiziqishmoqda. Ularning fikricha, ushbu sensorli soatlar kasallik simptomlaridan oldin koronavirus infeksiyasining boshlanishini taxmin qilishda yordam berishlari mumkinligini aytishmoqda. Bu tajriba-sinovni Stenford universiteti olimlari olib borishmoqda.
Tadqiqotchilar hozirda eksperimentda ishtirok etish uchun ko‘ngillilarni izlamoqdalar. Ko‘ngillilar 18 yoshdan oshgan koronavirusda shubha qilingan yoki kasallik allaqachon tasdiqlangan insonlar bo‘lishi kerak.
Dastur ishtirokchilaridan doimiy ravishda “aqlli qurilmalar” kiyishlari va salomatlik monitoringi kundaligini to‘ldirishlari talab etiladi.
Tajriba taxminan ikki yil davom etishi kutilmoqda. Biroq, uning birinchi bosqichi bir necha hafta ichida yakunlanadi, deya xabar bermoqda ren.tv.