Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung va SK Hynix bilan shartnomalar muddati tugamoqda — har ikki yetkazib beruvchi ham yanvar oyidan boshlab Apple texnikasi uchun xotira narxlarini oshirishni rejalashtiryapti.
Mutaxassislarning fikricha, narxlar ma’lum muddat saqlanib qolishi mumkin, biroq 2026-yilning birinchi yarmida baribir barcha qurilmalar — iPhone’lar, MacBook’lar va boshqa elektron qurilmalar narxlarining keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.