Xabarlarga ko‘ra Sem Altman kompaniyasi korporativ sirlarni o‘g‘rilashda ayblanmoqda.
Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, OpenAI rekruterlari (xodimlarni ishga oluvchilar) kompaniyaga ishga kirmoqchi bo‘lgan Apple xodimlari bilan suhbat o‘tkazish davomida ulardan Apple’ning maxfiy loyihalari tafsilotlarini oshkor qilishni hamda ishlab chiqilayotgan qurilmalar komponentlari va prototiplarini olib kelishni so‘rashgan.