Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Apple" bir insonning o‘limida ayblanmoqda: qiz kompaniyani sudga berdi

"Apple" bir insonning o‘limida ayblanmoqda: qiz kompaniyani sudga berdi

Ayblov shundan iboratki, planshetning akkumulyatori nosozligi sabab uyda katta yong‘in chiqqan va erkak halok bo‘lgan. .

Nyu Jersida yashovchi Juliya Meo Apple kompaniyasini sudga berdi, u kompaniyani otasining o‘limida ayblayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak uyida chiqqan yong‘in natijasida halok bo‘lgan, yong‘inga esa Apple tomonidan ishlab chiqarilgan iPad ning nosozligi sabab bo‘lgan.

Agar yong‘inga chindan ham planshet sabab bo‘lgan bo‘lsa, Apple erkakning o‘limiga javobgar deb topiladi. Qiz otasining o‘limi uchun kompaniyadan kunlik tovon puli talab qilyapti.

Meo iPad ning modelini aytmadi. Shuningdek, otasi zaryadlash uchun original zaryadchikdan foydalanganmi yoki sifatsizidanmi, bunisi ham noma’lum.

Kiritildi: 17:44 16.02.2019. O'qildi: 1928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!