Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Apple AQShga eng yirik investisiyasini e’lon qildi

Apple AQShga eng yirik investisiyasini e’lon qildi

Apple kompaniyasi o‘tgan yili zimmasiga olgan majburiyatlari doirasida AQSh iqtisodiyotiga kiritadigan eng yirik investisiyasini e’lon qildi.

Ishlab chiquvchining ma’lum qilishicha, kompaniya Broadcom chiplari uchun 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni maqsad qilgan. O‘tgan yili Apple to‘rt yil ichida AQSh iqtisodiyotiga 600 milliard dollar sarmoya kiritish majburiyatini olgandi.

Broadcom bilan amalga oshiriladigan yangi loyiha AQShda 15 milliarddan ortiq chip ishlab chiqarish va yuzlab amerikaliklarni ish bilan ta’minlash imkonini beradi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq Donald Tramp, agar iPhone smartfonlari Qo‘shma Shtatlardan tashqarida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ular uchun mamlakatda kamida 25 foizlik boj to‘lovlarini joriy etishga va’da bergan edi.

Kiritildi: 21:41 09.07.2026. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!