Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

APLda mavsumning eng omadli xaridlari reytingi tuzildi

APLda mavsumning eng omadli xaridlari reytingi tuzildi

The Telegraph nashri Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi 10 ta transfer reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni yozda «Brentford»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan hujumchi Brayan Mbeumo egalladi.

«Yunayted»ning reytingdagi yana bir vakili — Belgiyaning «Antverpen» klubidan kelib, to‘rtinchi o‘rinni band etgan darvozabon Senne Lammens bo‘ldi. Shuningdek, kuchli beshlikdan «Manchester Siti»ning ikki yangi a’zosi — darvozabon Janluiji Donnarumma va himoyachi Mark Gexi joy oldi. Ikkinchi o‘rin esa «Sanderlend» yarim himoyachisi Granit Jakaga nasib etdi.

The Telegraph talqiniga ko‘ra APL-2025/2026 mavsumining top-10 transferi:

  1. Brayan Mbeumo — «Brentford»dan «Manchester Yunayted»ga.

  2. Granit Jaka — «Bayer»dan «Sanderlend»ga.

  3. Mark Gexi — «Kristal Pelas»dan «Manchester Siti»ga.

  4. Senne Lammens — «Antverpen»dan «Manchester Yunayted»ga.

  5. Janluiji Donnarumma — «PSJ»dan «Manchester Siti»ga.

  6. Martin Subimendi — «Real Sosyedad»dan «Arsenal»ga.

  7. Ugo Ekitike — «Ayntraxt»dan «Liverpul»ga.

  8. Joao Pedro — «Brayton»dan «Chelsi»ga.

  9. Robin Rufs — «NEK Neymegen»dan «Sanderlend»ga.

  10. Jordan Xenderson — «Ayaks»dan «Brentford»ga.

Kiritildi: Bugun 13:23. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!