Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Antoniu Guterrish Ukrainaga tashrif buyuradi

Antoniu Guterrish Ukrainaga tashrif buyuradi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Euronews.

Tashrif 18 avgustga belgilangan. BMT Bosh kotibi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashish uchun Lvovga keladi.

Tomonlar Zaporojye AESdagi vaziyat va Ukraina g‘allasini dengiz orqali eksport qilishni muhokama qiladi. Shundan so‘ng Guterrish Odessaga yo‘l oladi.

Zaporojye viloyatida atom elektr stansiyasi tufayli keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Jumladan, tinimsiz o‘qqa tutilayotgani sababli yadroviy falokat xavfi mavjud.

Joriy yilning 28 aprel kuni Antoniu Guterrish urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga tashrif buyurgandi. Keyin u Borodyanka, Bucha va Irpinga ham tashrif buyurgan.

Kiritildi: 17:00 17.08.2022. O'qildi: 1546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!