Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Antoniu Guterrish Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi

Antoniu Guterrish Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi

Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, suhbat davomdi BMT bilan O‘zbekistonning global hamkorligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtirokiga to‘xtalib o‘tilgan.

Bosh kotib O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish yo‘lidagi tashabbusi va sa’y-harakatlarini e’tirof etgan. Shuningdek, mamlakatda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tashqi siyosatdagi ochiqlik, xususan, ijtimoiy himoya hamda gender tengligi masalalaridagi islohotlarni yuqori baholagan.

Suhbatda ekologiya, iqlim o‘zgarishi, munosib mehnat tamoyillari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan. Shuningdek, BMT tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot dasturlarini joriy etishda parlamentlarning faolligini oshirish borasidagi muhim vazifalar ham ko‘rib chiqilgan.

Kiritildi: 18:33 01.07.2024. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!