O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabriklar kelishda davom etmoqda.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi.
"O‘zbekiston Respublikasi xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining boyligi unga a’zo davlatlar xilma-xilligidadir. Biz, xalqlar, tashkilotimiz Ustavida mustahkamlab qo‘yilgan qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birlashganimizda faoliyatimiz kuchayib boraveradi. Global xatarlar, shu bilan birga, ulkan imkoniyatlar davrida ushbu ezgu qadriyatlar bizni bog‘lab turadi.
Mamlakatingiz ushbu milliy bayramni nishonlayotgan kunlarda Sizni ishontirib aytamanki, men Birlashgan Millatlar Tashkiloti samadorligini oshirish hamda barcha uchun tinchlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini rivojlantirish yo‘lida faol harakat qilaman", deb yoziladi Guterrishning tabriknomasida.
Manba: qalampir.com