Turkiyaning AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarni qayta tiklash bo‘yicha taklifi o‘z kuchida qolmoqda.
«Turkiya tomonining AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarni qayta tiklash bo‘yicha taklifi o‘z kuchida qolmoqda», — deb xabar berdi Turkiya Prezidenti ma’muriyati RIA Novosti agentligiga.
Anqaradagilarning qo‘shimcha qilishicha, ular ushbu tashabbus bo‘yicha Yaqin Sharq mamlakatlari bilan birgalikda ishlashni davom ettirish niyatidalar. Bundan ko‘zlangan maqsad — keskinlikni kamaytirishga ko‘maklashish va tomonlarni muloqotga qaytarishdir.