Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Anorlar orasidagi og‘u

A A A
Anorlar orasidagi og‘u

Shu kunlarda aholining shaxsiy tomorqalaridan unumli foydalanish masalasi kun tartibiga chiqib, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Boisi esa oddiy: yerni boqsang - yer seni boqadi.

Ammo ayrim shaxslar borki. o‘zlarining shaxsiy tomorqalarida qonun bilan taqiqlangan “zahri qotil” – giyohvand o‘simliklarni yetishtirayotganiga nima deysiz?

Joriy yilning 6 may kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Sariosiyo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda Uzun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday holat fosh bo‘ldi. 

Uzun tumanida yashovchi fuqaro CH.D. ning yashash xonadoni va tomorqasi belgilangan tartibda hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqadagi anor daraxti ostida o‘stirib parvarishlanayotgan 187 tup ko‘knor  giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ha, nima eksang – shuni o‘rasan!

Kiritildi: 21:19 12.05.2020. O'qildi: 3575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik