Reuters agentlik xabariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab paradlar, konsertlar va mushakbozliklar bekor qilinmoqda.
Vashingtonda mamlakatning 250 yilligiga bag‘ishlangan asosiy maydonchalardan biri bo‘lishi kerak bo‘lgan National Mall’dagi "Great American State Fair" vaqtincha yopildi. U yerda harorat 38 darajagacha ko‘tarildi.
Keyinroq tashkilotchilar Vashingtonda Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy paradni ham bekor qilishdi. Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, issiqlik indeksi 46 darajagacha yetishi mumkin.
Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 185 milliondan ortiq odam - AQSh aholisining yarmidan ko‘pi - haddan tashqari issiq haqida ogohlantirilgan. Bir qator shaharlarda harorat rekordlari qayd etildi. Nyu-Yorkda energiya tizimiga yuklama tufayli 17 mingga yaqin iste’molchi elektr ta’minotisiz qoldi.
Issiqlik AQShning sharqiy qismiga O‘rta G‘arbdan "issiqlik gumbazi" - mintaqa ustida qizigan havoni ushlab turuvchi yuqori bosimli hudud tufayli kirib keldi. Rasmiylar jaziramaning o‘lim xavfi haqida ogohlantirdi va aholini quyoshda uzoq qolmaslikka, ko‘proq suv ichishga va issiqlik urishi belgilarini kuzatishga chaqirdi.