Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Anjir" restorani ro‘parasida "Lacetti" YTHga uchradi-Toshkent

A A A
"Anjir" restorani ro‘parasida  "Lacetti" YTHga uchradi-Toshkent

🔹Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 21:00 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan SH.N. "Lacetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko‘chada joylashgan "Anjir" restorani ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan.

⚡️To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf qilingan. Hodisa natijasida haydovchi SH.N. va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. 2 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

❗️YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB va YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, YTH sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 22:40 10.10.2021. O'qildi: 3184 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik