Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Angrendagi xonadondan 2,3 kilo marixuana topildi

A A A
Angrendagi xonadondan 2,3 kilo marixuana topildi

«Qoradori—2018» tadbiri davomida Angrendagi xonadonlarning biridan ko‘p miqdorda giyohvandlik moddasi topildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, Toshkent viloyatining Angren shahrida 18 sentyabr kuni o‘tkazilgan «Qoradori-2018» tadbiri davomida M.A.ning uyidan 2,3 kilogramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

«Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:00 23.09.2018. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik