Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Angrenda piyodani urib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Angrenda piyodani urib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkent viloyatining Angren shahrida 2018 yil 12 noyabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Appartak mahallasida joylashgan «Mubina Oil» AYOQSh oldida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan U.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada U.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar organlari bo‘linmalariga borib yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi vazirlik xabarida.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 13:43 14.11.2018. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!