Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Angren shahridagi maktablarda «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilmoqda

A A A
Angren shahridagi maktablarda «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilmoqda

Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyati hokimining umumta’lim maktab direktorlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ta’lim muassasalarida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifi ilgari surilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ham bu borada qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qaror va taklif ijrosini ta’minlash yuzasidan, Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilib, o‘quvchilarning e’tibori ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi.

Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazilib, telefondan ta’lim muassasasida umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surildi va barcha tomonidan birdek ma’qullandi.

Kiritildi: 10:37 06.03.2024. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!