Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Angliyalik ekspert: Koronavirus hech qachon yo‘q qilinmaydi!

Angliyalik ekspert: Koronavirus hech qachon yo‘q qilinmaydi!

Koronavirus hech qachon yo‘q qilinmaydi, vaksina qilingan taqdirda ham u mavsumiy kasallik sifatida saqlanib qoladi, deb hisoblaydi deya xabar berdi RIA Novosti Angliya bosh shifokorining o‘rinbosari Jonatan Van Tamga asoslanib.

Buyuk Britaniya chorshanba kuni koronavirusga qarshi vaksinani sertifikatladi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Pfizer va BioNTech kompaniyalari yaratgan vaksinadan foydalanishga ruxsat olganini ma’lum qildi. Keyingi haftda vaksinani Buyuk Britaniyada olsa bo‘ladi.

Ommaviy emlash 2021 yilning bahorida boshlanadi, may oyida aholining eng zaif toifalari, shifokorlar, ijtimoiy ishchilar va qariyalar vaksinani oladi.

"Koronavirus hech qachon yo‘q qilinmaydi, deb o‘ylayman, u mavsumiy muammo bo‘lib qolishi mumkin deb o‘ylayman... biz o‘rgangan odatlar - niqob va sanitayzerlar — saqlanib qolinishi mumkin", - dedi Van Tam chorshanba kuni brifingda.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ventilyasiyasi yomon bo‘lgan va odamlar zich joylashgan xonalar eng xavfli joylar bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 12:00 04.12.2020. O'qildi: 2204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!