Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Angela Merkel navbatdagi saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymasligini aytdi

Angela Merkel navbatdagi saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymasligini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel navbatdagi saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

“Koronavirus pandemiyasi sababli o‘z lavozimida qolish istagingiz yo‘qmi?”, degan savolga javoban Merkel xonim o‘z qarorini o‘zgartirmasligini va Germaniya kansleri lavozimidagi mazkur muddat uning uchun so‘nggisi ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, siyosatchi xonim mazkur muddat tugaganidan keyin har qanday siyosiy lavozimlardan butunlay voz kechishini aytdi.

Angela Merkel 2005 yildan buyon Germaniya hukumati rahbarligini egallab kelmoqda. U ushbu lavozimga to‘rt marta qayta saylanishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 12:13 07.06.2020. O'qildi: 1921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!