Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan Rossiyaga bosim va Yaqin Sharqdagi urush masalalarini muhokama qildi.
Sibigaga ko‘ra, uchrashuv G7 tashqi ishlar vazirlari yig‘ini doirasida Fransiyada bo‘lib o‘tgan.
«AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan muloqot qilganimdan mamnunman. AQShning tinchlik sa’y-harakatlarini ilgari surishdagi o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga ega», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.