Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijondagi Uzauto Motors axborot texnologiyalari bo‘limi mutaxassislarining suhbatlari mikrofonga yozib olindi(mi)?

Andijondagi Uzauto Motors axborot texnologiyalari bo‘limi mutaxassislarining suhbatlari mikrofonga yozib olindi(mi)?

2024 yil 8 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi Uzauto Motors axborot texnologiyalari bo‘limi mutaxassislarining suhbatlari mikrofonga yozib olinayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Xodimlar tomonidan Eltuz Telegram-kanaliga berilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari jamoasining faoliyatini obro‘sizlantirish maqsadida yo‘naltirilganligini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasiga ko‘ra, tuhmat qilganlik, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima belgilanishi mumkinligi eslatib o‘tildi.

Fursatdan foydalanib, barcha xodimlardan taklif yoki shikoyatlar bo‘lsa, tegishli bo‘limga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishni so‘raymiz. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi alohida ta’kidlandi.

Kiritildi: 17:56 08.07.2024. O'qildi: 1625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!